Profy Translations
Profy Translations
←Orqaga
Oct 08, 2026

Profy Translations — Toshkentdagi professional tarjima xizmatlari

Profy Translations — Toshkentdagi professional tarjima agentligi. Yozma va og‘zaki tarjima, notarial tarjima, apostil va hujjatlarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatamiz

Profy Translations — Toshkentdagi professional tarjima xizmatlari
Tashkent

Profy Translations — professional tarjima xizmatlari

Bugungi kunda hujjatlar, biznes yozishmalari, ta’lim va xalqaro hamkorlik bilan bog‘liq jarayonlarda sifatli tarjimaga ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Profy Translations mijozlarga turli tillardagi hujjatlar va matnlarni professional tarjima qilish hamda tarjimalarni rasmiylashtirish bo‘yicha xizmatlarni taqdim etadi.

Profy Translations haqida

Profy Translations 2021-yildan buyon tarjima xizmatlari sohasida faoliyat yuritib kelayotgan tarjima kompaniyasidir. Kompaniya turli yo‘nalishlardagi mijozlar — jismoniy shaxslar, yurudik shaxslar, tadbirkorlar, kompaniyalar va tashkilotlar bilan ishlaydi.

Kompaniyada turli tillar va yo‘nalishlar bo‘yicha ko'p yillik tajribaga ega, professional tarjimonlar faoliyat yuritadi. Buyurtmaning mazmuni va maqsadiga qarab, tegishli soha bo‘yicha mutaxassis tarjimon jalb qilinadi.

Qanday xizmatlarni taklif qilamiz?

1. Yozma tarjima

Hujjatlar va turli mazmundagi matnlarni tarjima qilish xizmatlari ko‘rsatiladi. Jumladan:

  • diplom va sertifikatlar;

  • tug‘ilganlik, nikoh va boshqa fuqarolik holati hujjatlari;

  • shartnomalar;

  • ishonchnomalar;

  • tibbiy hujjatlar;

  • texnik va biznes hujjatlari;

  • ta’limga oid hujjatlar;

  • rasmiy xatlar va boshqa matnlar.

Tarjima buyurtmaning tili, hajmi va murakkabligiga qarab amalga oshiriladi.

2. Notarial tarjima

Rasmiy idoralarga, elchixonalarga, universitetlarga yoki boshqa tashkilotlarga taqdim etish uchun zarur bo‘lgan notarial tarjima xizmatlarini ham ko‘rsatamiz.

Bunda tarjima tayyorlangandan so‘ng belgilangan tartibda notarius orqali tasdiqlanadi.

3. Apostil bilan bog‘liq xizmatlar

Xorijda foydalanish rejalashtirilgan hujjatlar uchun ayrim hollarda apostil talab qilinadi. Profy Translations hujjatlarni apostil qilish, shuningdek, apostildan keyingi tarjima va notarial rasmiylashtirish jarayonlarida mijozlarga yordam beradi.

Apostil talablari hujjat turi va hujjatdan foydalaniladigan davlatga qarab farq qilishi mumkin.

4. Og‘zaki tarjima

Profy Translations nafaqat yozma, balki og‘zaki tarjima xizmatlarini ham taqdim etadi.

Og‘zaki tarjimonlar:

  • uchrashuvlarda;

  • muzokaralarda;

  • biznes tadbirlarida;

  • tibbiy uchrashuvlarda;

  • rasmiy tashriflarda;

  • konferensiya va boshqa tadbirlarda

tarjima xizmatini ko‘rsatishi mumkin.

Buyurtmaga qarab kerakli til juftligi va tegishli soha bo‘yicha tarjimon tanlanadi.
Bundan tashqari, matn terib berish, tahrirlash va tekshirib berish kabi xizmatlar ham ko'rsatiladi.

Nima uchun Profy Translations?

Tarjima shunchaki bir tildagi so‘zlarni boshqa tilga o‘girish emas. Ayniqsa rasmiy hujjatlar, biznes va tibbiyot kabi sohalarda terminologiya, uslub va hujjatning asl mazmunini to‘g‘ri yetkazish muhim.

Profy Translations buyurtmalarni professional tarjimonlarga taqsimlab, har bir loyiha uchun uning mazmuni va maqsadiga mos yondashishga e’tibor beradi.

Bizning asosiy maqsadimiz — mijozga aniq, tushunarli va talabga mos tarjima xizmatini taqdim etish.

Profy Translations bilan bog‘laning

Agar sizga hujjat tarjimasi, notarial tarjima, apostil yoki og‘zaki tarjimon kerak bo‘lsa, Profy Translations mutaxassislari bilan bog‘lanishingiz mumkin.

Hujjatingizni yuboring — biz uning hajmi, tili va talab qilinadigan xizmatlarni ko‘rib chiqib, sizga xizmat narxi va bajarilish muddatini ma’lum qilamiz.

Ulashish

Teglar

#Profy Translations#tarjima xizmatlari#Toshkent tarjima markazi#professional tarjima#hujjat tarjimasi#notarial tarjima#apostil#og‘zaki tarjima#yozma tarjima#tarjima agentligi Toshkent

O‘xshash